“Bir talabaga — bir loyiha” o‘quv akseleratsiyasi izchil davom etmoqda!
15-iyul kuni ZOOM orqali Siyosiy fanlar kafedrasi tomonidan “Ijtimoiy kapital” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat Xalqaro munosabatlar yo‘nalishining 1–2-bosqich talabalari ishtirokida, Sh. Ahmedova boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda:
- Ijtimoiy kapitalning nazariy asoslari va siyosiy hayotdagi roli;
- Start-up va ijtimoiy innovatsiyalar;
-Ishonch diplomatiyasi va xalqaro aloqalardagi o‘rni muhokama qilindi.
Talabalar o‘z fikr va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdi.