26-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva va 2-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilib kelayotgan talabalar bilan  birgalikda "Biz ruhan birgamiz" shiori ostida psixologik trening tashkil qilindi.

Trening davomida olib borilgan turli psixologik va guruhli muhokamalar hamda oʻyinlar ishtirokchilarning o'zini anglashiga yordam berdi.

Psixologik trening tashkil qilishdan maqsad, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, nogironligi bor talabalarga ruhiy koʻmak berish va ularni psixologik qoʻllab- quvvatlashdan iboratdir.

2024-02-27 01-54

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi