23-yanvar kuni OʻzDJTUda kadrlar tayyorlash milliy dasturida yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqish, rivojlantirish va uni hayotga tatbiq etishga talaba amaliyotchilarni oʻrgatish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. 

Yigʻilishda OʻzDJTU oʻquv ishlar boʻyicha prorektor M.Chutpulatov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi B.Odilov hamda mutasaddi kafedra mudirlari bilan mavzu muhokamasi boʻlib oʻtdi.

 

Unda Pedagogik amaliyotni maqsad va vazifalari, talabalarni raqobat jarayonida Vatan shaʼni, manfaati va obroʻsini munosib himoya qila oladigan milliy kadrlarni yetishtirish asosiy vazifa sifatida belgilandi.

Kafedra mudirlariga pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish va mashgʻulotlar tashkil qilishga oʻrgatish zarurligi taʼkidlandi.

2024-01-24 03-47

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi