Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan “Ommaviy axborot vositalari global davrida o’zlikni, qulay muhit va barqaror axborot makonini qanday saqlash kerak?” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov ishtirok etib, “Sifatli tadqiqotlar orqali media ta’lim loyihalarini amalga oshirish” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, dekan bugungi kunda universitetda madiata’limni o’qitish bo’yicha qo’llanib kelinayotgan metodikalar, tajribalar haqida gapirib o’tdi.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar agentligi, O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi, YUNESCOning O’zbekistondagi vakolatxonasi, “Yuksalish” umummilliy harakati mas’ullari, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston Respublikasidagi jurnalist kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, NNTlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
2024-05-03 05-47