“Dolzarb 90 kun” doirasida kibersport musobaqasi tashkil etildi

1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

 

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari, O‘zDJTU akademik litseyi o‘quvchilari hamda Uchtepa tumani "A.Qodiriy" MFY da istiqomat qiluvchi yoshlar faol ishtirok etdi.

Musobaqa CS2 (Counter-Strike) kibersport yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilib, ishtirokchilar jamoalarga boʻlingan holda bellashish orqali texnologik savodxonlik va muloqot ko‘nikmalarini namoyon qilishdi. 

Ushbu musobaqa yoshlarning zamonaviy raqamli muhitga moslashuvini ta’minlash, sog‘lom raqobatni his qilish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube