“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi dasturlar davom etmoqda
5-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektori Valijon Sa’diyev boshchiligidagi universitet vakillari Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi Alixontoʻra Sogʻuniy mahallasiga tashrif buyurdi.
Dastur davomida mahalladagi kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoya muhtoj yoshlar uchun OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari tomonidan ingliz, rus va yapon tillarini oʻrgatishga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyildi.
Mazkur til kurslari yoshlarning til bilimini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.