“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi dasturlar izchil davom etmoqda!

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi tomonidan yozgi ta’til davrida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qiziqarli va foydali to‘garaklar muntazam o‘tkazilmoqda.

 

 

14-iyul kuni kafedra o‘qituvchisi Abdumajitov Xurshid tomonidan “Chet tilini sun’iy intellekt orqali o‘rganish” mavzusida mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda chet tillarini o‘rganishning samarali yo‘llari, texnologiyalarning afzalliklari
Xususan: 
-ta’limni individuallashtirish,
- tezkor va sifatli feedback olish,
- kundalik mashg‘ulotlarni interaktiv shaklda o‘tkazish imkoniyatlari bilan tanishdilar.

 

 

Interaktiv taqdimotlar va amaliy mashqlar asosida o‘tgan darsda talabalar AI yordamida ta’lim olishning yangi yondashuvlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Dastur yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kelgusi mashg‘ulotlarga oid takliflarini ham o‘rtoqlashishdi.

Bu loyiha nafaqat bilim olishga, balki zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali raqobatbardosh yoshlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube