2024-yil 10-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida "Fantastik asarlarni tadqiq qilishning ilmiy-nazariy asoslari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Unda Jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan Ilmiy-nazariy seminarni filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori,dotsent Ko'chimov Ulug'bek Quchqarovich olib bordi.

Seminarda Jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan mustaqil izlanuvchilar,tayanch doktorantlar ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan mavzulari bo'yicha savollarga javoblar olishdi. Ilmiy-nazariy seminar yuksak saviyada o'tkazildi.

2024-02-13 02-13

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi