Xorijiy tillar fan olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Xorijiy tillar fan olimpiadasi Respublika bosqichining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rasulov Sherzod Ashirovich so‘zga chiqib, olimpiadaning ta’lim tizimidagi ahamiyati va yoshlar iqtidorini rivojlantirishdagi roli haqida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokchilarni tabriklab, quyidagilarni ta’kidladi:

“Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan xorijiy tillar fan olimpiadasi 43 ta oliy ta’lim tashkilotidan 126 nafar talabani birlashtirdi. Ular ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon va arab tillarida o‘z bilim va iste’dodlarini namoyon etdilar. Har bir ishtirokchi til bilimini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini va ijodiy yondashuvini namoyon eta oldi.”

Rektor shuningdek olimpiada g‘oliblarini qutlab, ularning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi:

“Bugungi g‘alaba — bu faqat yakun emas, balki yangi marralarga yo‘l ochadigan boshlanishdir. Boshqa ishtirokchilar ham o‘z o‘rinda g‘olib, chunki sizlar o‘zingizni sinovdan o‘tkazdingiz va yangi tajriba orttirdingiz.”

 

Tadbir yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi:

 • 1-o‘rin sohiblariga zamonaviy noutbuklar,
 • 2-o‘rin egalari televizorlar,
 • 3-o‘rin g‘oliblari planshetlar bilan taqdirlandilar.

 

O‘zDJTU talabalarining olimpiadadagi natijalari:
 • Fransuz tili – 1-o‘rin
 • Nemis tili – 1-o‘rin
 • Ispan tili – 1-o‘rin
 • Italyan tili – 1-o‘rin
 • Xitoy tili – 2-o‘rin
 • Yapon tili – 3-o‘rin
 • Koreys tili – 2-o‘rin
 • Ingliz tili – 1-o‘rin

Tadbir yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi:
 • 1-o‘rin sohiblariga zamonaviy noutbuklar,
 • 2-o‘rin egalari televizorlar,
 • 3-o‘rin g‘oliblari planshetlar bilan taqdirlandilar.

Marosim barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirish va ularning ilmiy hamda ijodiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilash bilan yakunlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube