14-26 yanvargacha davom etgan Finlandiya ta’lim tizimi bilan tanishish va tajriba almashishga qaratilgan malaka oshirish dasturida 18 nafar O’zDJTU professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.

Dastur ishtirokchilari Finlandiyaning ta’lim muassasalari markazi bo’lgan Yuvaskulya shahrida universitet, o’rta, yuqori maktab, maktabgacha ta’lim muassasalarida ko’rgazmali darslarda qatnashib, o’z malakasini oshirdi, Helsinki universiteti, til o’qitish markazlariga tashrif buyurib, Fin ta’lim tiziminini yaqindan o’rgandi. Shuningdek, finlandiyalik yuqori salohiyatga ega mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan  mashg’ulotlarda ishtirok etib, uchrashuv doirasida hamkorlik o’rnatish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda barcha ishtirokchilarga Helsinki va Yuvaskulya ta’lim muassasalarida tanishuv va tajriba orttirganlik haqida sertifikat berildi. 

2024-01-29 04-37

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi