Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida arab tili qariyb 50-yildan buyon oʻqitilib kelinmoqda. 

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab 60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) yoʻnalishida Asosiy chet tili sifatida arab tilini oʻqiy boshladi. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi ochildi.

Hozirgi kunda universitetimizda arab tilini Asosiy sharq tili sifatida 400 ga yaqin va Ikkinchi chet tili fanlarini esa 1000 ga yaqin talaba oʻrganmoqda. 2023-2024 oʻquv yilida 70230101-Lingvistika (arab tili) mutaxassisligi boʻyicha magistraturaga qabul boshlandi va hozirgi kunda 5 nafar magistrant oʻqishni boshladi.

2021-yil 26-avgustda Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashkil topgan boʻlib, kafedra 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) va 5120200 – Filologiya va tillarni oʻqitish (arab tili) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassis tayyorlaydi. Shu bilan birga universitetning barcha fakultetlarida Ikkinchi chet tili (arab tili) boʻyicha dars mashgʻulotlari oʻtiladi.

Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashkil topgan yildan beri har yili 18-dekabr Xalqaro arab tili kuniga bagʻishlangan “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va oʻqitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkillashtirish anʼanaga aylangan. 

Bugun18-dekabr kuni OʻzDJTUda Xalqaro arab tili kuniga bagʻishlangan “Globallashuv davrida arab tili: innovatsion yondashuvlar va oʻqitish metodikasi ” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi. 

Tadbirda universitet rektori I.Tuxtasinov ishtirok etdi va tadbirni ochib berish uchun nutq soʻzladi.

Shuningdek, universitet rahbariyati vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari K.Karimov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi A.A.Abduxalimov, Oʻmon Sultonligining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor elchisi Al Sayyida Vafa Jabr Al Busaidi, Oʻmon Sultonligi Nazva universiteti professori doktor Saed Jasim al-Zubaidi, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Oliy taʼlim vaziri maslahatchisi doktor Miloud Xalfallah, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Al -Vadiy universitetida tahsil olayogan OʻzDJTU talabalari, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi va bir qator xorijlik mutaxassisilar ishtirok etdi va mutaxassislar arab tili boʻyicha maʼruzalar oʻqishdi. 

Badiiy qismda esa “OʻzDJTUda Arab tili kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar va musobaqalar gʻoliblari taqdirlandi. Bayramona chiqishlar namoyish qilindi.

2023-12-18 10-10

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi