Joriy yilning 18-dekabr kuni OʻzDJTU asosiy binosida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan eʼlon qilingan ijtimoiy videoroliklar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, dotsent, “Doʻstlik” ordeni, “Shuhrat” medali sohibi, xalq sevgan rejissyor, aktyor, ssenarist Hilol Nasimov, OʻzDJTU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi Bahodir Eshbekov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi Bahodir Hoshimov va sovrindor talabalar ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, tanlovga yuborilgan videoroliklar taʼlimga oid korrupsion jinoyatlarni ochib berishi hamda uning oqibatlarini oldini olishga targʻib qiluvchi gʻoyalarni jamlashi, hajmi 5 daqiqadan oshmaydigan, kreativ, sifatli, original va mualliflik huquqiga asoslangan holda suratga olinishi va OʻzDJTU logotipini oʻzida aks ettirgan boʻlishi kerak edi.
Tanlov gʻoliblarini aniqlashda asosiy eʼtibor ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi, siyosiy-huquqiy savodxonligi hamda mavzuni aniq ochib bera olganiga qaratildi. Bellashuv yoshlarning korrupsiya jinoyati boʻyicha huquqiy bilimlarini rivojlantirish bilan birga, yoshlarda korrupsiya muhitini oldini olishda innovatsion yondashuvga, mustaqil fikrlashga undaydi.
Yuborilgan videoroliklar tajribali mutaxassislardan tuzilgan komissiya aʼzolari tomonidan koʻrib chiqildi va xolisona baholandi.
Natijalarga koʻra, Buxoro davlat universiteti 4-bosqich talabasi Aminjon Obloqulov 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va maxsus diplom va sovgʻa sifatida televizor bilan taqdirlandi. Shuningdek, 2-oʻringa Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti 3-bosqich talabasi Abror Toʻlaxoʻjayev loyiq topilib, maxsus diplom va noutbuk bilan, 3-oʻrinni esa Buxoro davlat universiteti 4-bosqich talabasi Behruz Shukurov qoʻlga kiritib, maxsus diplom va planshet bilan taqdirlandi.
Butun respublika miqyosida oʻtkazilgan mazkur tanlovdan koʻzlangan maqsad, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy taʼlim va tarbiya jarayonlarida innovasion gʻoyalar va yangi mexanizmlardan foydalangan holda bolalarda vijdonlilik va halollikni, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishdan iborat.
Tanlov gʻoliblarini aniqlashda asosiy eʼtibor ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi, siyosiy-huquqiy savodxonligi hamda mavzuni aniq ochib bera olganiga qaratildi. Bellashuv yoshlarning korrupsiya jinoyati boʻyicha huquqiy bilimlarini rivojlantirish bilan birga, yoshlarda korrupsiya muhitini oldini olishda innovatsion yondashuvga, mustaqil fikrlashga undaydi.
Yana bir eʼtiborli jihati shu boʻldiki, mazkur tanlovga Respublikamizning barcha hududlari aholisi ishtirok etishi mumkin boʻldi.
2023-12-18 11-07