2023-yil 9-oktabr kuni OʻzDJTU rektori prof. Ilxomjon Tuxtasinov Xitoyning Shenyang pedagogika institutiga malaka oshirish uchun joʻnab ketayotgan Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Sh.Xakimova bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida Xakimovaga Shenyang pedagogika institutining tillarni oʻqitish sohasidagi tajribasini oʻrganish, yangi metod va texnologiyalarni chuqur oʻzlashtirish borasida tavsiyalar berdi.

Shuningdek, oliygoh rahbariyatiga OʻzDJTU bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi yangi takliflarni yetkazish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

2023-10-09 08-30

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi