28-mart kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov xitoylik professor-o'qituvchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda xitoy tili va madaniyatini o'qitishni takomillashtirish, Xitoy OTMlari bilan turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xitoy bilan ilmiy va akademik jihatdan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash o'quv faoliyatini xalqaro o'rinlarga ko'tarishda muhim ahamiyatga ega. Uchrashuvda professor o'qituvchilar talabalarga xitoy tili va madaniyatini o'rgatishga tayyor ekanliklarini ta'kidlashdi.
Uchrashuv yakunida O'zDJTU va xitoylik professor-o'qituvchilar o'rtasida kelajakdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
2024-04-01 03-35