Universitetimizda ilmiy salohiyati yuqori boʻlgan kadrlar sonini oshirish, mavjud kadrlarning ilmiy saviyasini, tajriba hamda koʻnikmalarini jahon standartlariga mos darajaga olib chiqish maqsadida keng koʻlamli ishlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 12-oktyabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmmetrik tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy rivojlanishni prognoz qilish departamenti boshligʻi D. Abdumuminova va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Toʻxtasinov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Ilmmetriya sohasida universitet xodimlarining malakasini oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Universitet doktorantlari va ilmiy faoliyat yurituvchi xodimlar uchun seminar oʻtkazildi. Seminar soʻngida ishtirokchilar xalqaro maʼlumotlar bazalarida muvaffaqiyatli roʻyxatdan oʻtkazildi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

2023-10-12 10-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi