Ingliz tili 1-fakulteti professor-o’qituvchilarining 2024-2025 o’quv yiliga oid hisoboti tinglandi. (dolzarb 90 kun )

 

2025-yil 25-iyun kuni Ingliz tili 1-fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi hamda 26-iyun kuni Ingliz tili nazariy aspektlari №1 va Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1  kafedralari professor o’qituvchilaring hisoboti tinglandi. 

 

Unda Universitet rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishida ko‘tarilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

 

Mazkur hisobot doirasida kafedra faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda Xalqaro aloqalarni kuchaytirishga oid maqsadli ko’rsatkichlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube