Ingliz tili 1 fakultetida “Shekspir oyligi” doirasida ijodiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 3-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1 fakulteti talabalari va Adabiyotshunoslik yo‘nalishi magistrantlari hamkorligida “Shekspir oyligi” doirasida ijodiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

 

-Tadbir ilk bor to‘liq ingliz tilida o‘tkazilib, mehmonlarni chin ma’nodagi Shekspir Renessansi muhitiga olib kirdi. Dastur davomida namoyish etilgan raqslar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga yuksak kayfiyat ulashdi.

-Tadbirning hayajonli qismlaridan biri – “Romeo va Juletta” asaridan sahna ko‘rinishi bo‘lib, u Shekspir ijodining abadiy sevgi timsolini jonli ifoda etib, mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.

-Mazkur tadbirda O‘zDJTU bilan hamkorlik qilayotgan 178-umumta’lim maktabi  ham faol ishtirok etdi.
Ularning ishtiroki ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanib borayotganini yaqqol namoyon etdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube