30-yanvar OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari va talabalari Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga tashrif buyurishdi.

Talabalar muzeyda birinchi prezidentimizning fotosuratlari, hujjatlar toʻplami va shaxsiy buyumlarini tomosha qilishdi, Islom Karimov asarlari bilan tanishishdi.

Shuningdek, muzeyda oʻrnatilgan smart ekranlar orqali birinchi prezidentimiz hayotidan qiziqarli lavhalar namoyishiga guvoh boʻlishdi.

Ekskursiya yakunida talabalar Islom Karimov shaxsiga hurmat bildirib, xotirlab qaytishdi.

2024-01-30 04-39

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi