O‘zDJTU rektori ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tashkil etilgan “Ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlikning oldini olish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Anjumanda I. Tuxtasinov “Xorijiy tillarni o‘qitish sohasida ayollarning dominantlik qilishi: pedagogik imtiyozlar va ijtimoiy omillar tahlili” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi. U o‘z nutqida xorijiy tillarni o‘qitish sohasida ayol pedagoglarning faolligi, ularning shaxsiy-psixologik xususiyatlari, ijtimoiy stereotiplar hamda ta’lim tizimidagi gender siyosatning ta’siri haqida fikr bildirdi.

Tadbir yakunida rektor Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlarini “25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube