Kamondan otish – sog‘lom turmush sari qadam!

Bugun, 13-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-may kuni imzolangan uch tomonlama memorandum doirasida talabalar o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur musobaqa universitet talaba-yoshlarini sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularni milliy sport turlariga, ayniqsa kamondan otish kabi qadimiy sport yo‘nalishiga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada talabalar o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi, sportga bo‘lgan qiziqishlari va jamoaviy ruhni namoyon qilishdi. Bahslar qizg‘in va maroqli ruhda o‘tdi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent shahri Sport boshqarmasi va O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi Toshkent shahri bo‘limi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida bu kabi sport tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib boriladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube