2-sentabr kuni  O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Kanadaning Vankuver oroli universiteti professori, akademik va migratsiya masalalari bo‘yicha maslahatchi Ergasheva Mahbuba Temirovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev ishtirok etdilar.

  

 

- Suhbat davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:  
- Kanadaning yetakchi universitetlari (Toronto, Alberta, Ottawa, Waterloo, McGill) bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish; 
- Talaba, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi; 
- Ingliz va fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda ularni O‘zDJTUga jalb qilish; 
- Qo‘shma ta’lim dasturlari va yozgi maktablar tashkil qilish; 
- Ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik: maqolalar chop etish, qo‘shma rahbarlik, taqrizlar tayyorlash, xalqaro konferensiya va seminarlar; 
- Kanada maktab, kollej va universitetlari bitiruvchilarini O‘zDJTUning litsey, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qishga jalb qilish; 
- Yoshlar forumlari, festivallari va turli tanlovlarda ishtirok etish masalalari. 

Mahbuba Ergasheva O‘zDJTU takliflarini maqullagan holda, masofaviy ta’lim va franchayzing asosida talabalarni o‘qitish, xususan Kanadada ishga joylashish imkoniyatlari yuqori bo‘lgan agrobiznes, veterinariya, ta’lim menejmenti kabi yo‘nalishlarda o‘qishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.

Shuningdek, tomonlar talabalar amaliyotini tashkil qilish ham hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligini e’tirof etdilar. 

Uchrashuv yakunida har ikki tomon Kanada oliygohlari va M. Ergasheva rahbarlik qilayotgan agentlik bilan anglashuv memorandumi imzolash bo‘yicha kelishib oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube