Joriy yilning 4-dekabr kuni Tarjimonlik fakulteti dekani U.R.Yo'ldoshev va yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovinlari Sh.R.Nazarov hamda S.O.Ibragimov tashabbusi bilan fakultet talabalari uchun tadbir tashkil etildi.

“Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi” mavzusida tashkil etilgan tadbirda mehmon sifatida Siyosatshunoslik fanlari doktori, professor Abduvahob Qoʻchqorov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda mutaxassislar talaba yoshlarga yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

2023-12-05 04-49

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi