Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori  oʻrinbosari Gʻayrat Bozorov raisligida kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda talabalar hayotini oʻrganish, muammolariga yechim topish, ularga yaxshi sharoit yaratib berish shu bilan birga taʼlim sifatini ham oshirishga alohida ahamiyat qaratilish zarurligi taʼkidlandi. Qolaversa, Universitetda faoliyat olib borayotgan har bitta xodim va pedagoglarga ham sifatli taʼlim berishiga sharoit yaratish, ularning mehnatini qadrlashga ahamiyat qaratilish zarurligi taʼkidlandi. 

Shuningdek, taʼlim sifatini oshirish hamda oʻquv-uslubiy faoliyatini takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash faoliyati samaradorligini oshirish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham kun tartibining asosiy masalalaridan biri boʻldi.

2023-10-18 08-41

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi