24-aprel kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida davlat arbobi, olim Akmal Saidovning “Lev Tolstoy hikmatlari" kitobi taqdimoti o'tkazildi. 

Dastur davomida O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori  Umida Teshabayeva tadbirni ochib berdi. "Sharq yulduzi" va "Звезда востока" jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O'zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos, tarjimon Ibrohim G'afurov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid tomonidan davra suhbati olib borildi. 

Mazkur tadbirda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi rahbari Saida Kayumova, Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari va tyutorlari ham faol ishtirok etishdi.

2024-04-26 02-46

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi