3-aprel kuni O’zDJTUda “Shaxs-jamiyat-davlat tizimida o’zaro uyg’unlik va mutanosiblik” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.
Tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Valijon Sa’diyev ochib berdi.
Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodov mavzu yuzasidan ma’ruza so’zlab, sotsiologiya, ijtimoiy davlat, shaxs va jamiyat tushunchalari haqida gapirib o’tdi. Shuningdek, talabalarga soha doirasida o’qilishi lozim bo’lgan adabiyotlarni tavsiya qildi.
Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo’rayev sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodov ilmiy izlanishlari, sotsiologiya fani taraqqiyotiga qo’shgan xizmati haqida gapirib o’tdi.
Uchrashuv Xalqaro jurnalistika fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilib, fakultet talabalari tadbir yakunida mutaxassisdan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
2024-04-04 03-12