Bugun 3 oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining bosh binosida  “Siz topshirgan qon bir insonning hayotini saqlaydi!” shiori ostida “Men donorman” aksiyasi tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qon Preparatlari ilmiy ishlab chiqarish korxonasining Toshkent shahar boʻlimi tomonidan tashkil etilgan mazkur aksiyada universitetning barcha talabalari faol ishtirok etib, oʻz xohishlari bilan donorlik qildi. 

Abduahad Safarov, universitet talabasi:
- Universitetimizda shunday aksiya boʻlayotganini koʻrib bajonidil ishtirok etdim. Shu orqali yordamga muhtoj bir insonning salomatligini tiklashiga oz boʻlsada hissa qoʻshayotganimdan xursandman. Mazkur aksiyalarda imkoni bor barcha tengdoshlarimni faol ishtirok etishga yordam bera olayotganingdan xursandman.

2023-10-03 05-22

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi