“Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi

Hurmatli talabalar!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida “Mening O‘zbekistonim” nomli videorolik tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlarni vatanparvarlik, ijodkorlik, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish hamda O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, madaniy hayoti va yoshlar faoliyatini keng yoritishdan iborat.

 Tanlov nizomi bilan tanishish


 Tanlov shartlari:

Videorolik mavzusi “Mening O‘zbekistonim” bo‘lishi shart.
 Davomiyligi: 3–4 daqiqa.
 Format: MPEG-4.
Videoda ishtirokchi yoki jamoaning 60–70% a’zolari aks etgan bo‘lishi lozim.
 Asarda mualliflik huquqlari buzilmasligi shart.
 Videoda ishtirokchi(lar)ning ism-familiyasi, kursi yoki fakulteti ko‘rsatilmaydi.

Tanlov bosqichlari:

 Fakultetlararo bosqich — 2025-yil 15-oktabr sanasiga qadar.
Har bir fakultetdan 1 nafar (yoki jamoa) g‘olib aniqlanadi.

 Respublika bosqichi — fakultet bosqichi g‘oliblari orasidan saralangan ijodiy ishlar asosida o‘tkaziladi.

 G‘oliblarni rag‘batlantirish:

Universitet bosqichida:
 • 1-2-va 3-o‘rinni egallagan har bir ishtirokchi yoki jamoa a’zolari
faxriy yorliqlar hamda
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,5 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichida:
1-o‘rin — 15 000 000 so‘m
2-o‘rin — 12 000 000 so‘m
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
4-o‘rin — 8 000 000 so‘m
5-o‘rin — 5 000 000 so‘m

 Ishtirok etish tartibi:

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar
fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

“Meninge O‘zbekistonim” – bu bizning faxrimiz, bugunini va kelajagini o‘z aksida mujassam etgan yurtimiz haqidagi hikoya!


Tashkilotchi:
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube