“Mening startap loyiham” to‘garagi tashkil etildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Bir talabaga – bir loyiha” akseleratsiya dasturi asosida “Mening startap loyiham” nomli to‘garak o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
2025-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Abdullayeva tomonidan navbatdagi “Mening startap loyiham” to‘garagi o‘tkazildi.
To‘garak davomida talaba-yoshlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi:
- startap loyihalarning asosiy xususiyatlari;
- startap yaratish bosqichlari;
- startap turlari;
- an’anaviy biznes bilan farqlari;
- biznes g‘oya asosida muvaffaqiyatli loyiha yaratish, uni rivojlantirish va moliyalashtirish.
“Bir talabaga – bir loyiha” akseleratsiya dasturining maqsadi:
Iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy va innovatsion yo‘nalishlarda faollashtirish, ularning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, g‘oyadan moliyalashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.