22-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasining Toshkent shahar kengashi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida partiya vakillari talabalarga O'zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi toʻgʻrisida, partiyaga qanday qilib a'zo boʻlish haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. 

Talaba yoshlar partiyaga qiziqish bildirib, unga aʼzo boʻlishini, kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun o'zlarining munosib hissalarini qoʻshishini ta'dikladi. 

Uchrashuv savol-javob tarzida olib borilib, savollarga toʻgʻri javob bergan talabalarga partiyaning  esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan O’zDJTU matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Otabek Ibragimov hamda Ingliz tili 1-fakulteti kafedra mudiri Muhiddin Muxtorov sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

2024-02-22 04-04

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi