O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, ta’lim, fan, innovatsiyalar va oliy o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish faoliyati o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish; oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, bakalavriat va magistrantlarning maqolalarini yuqori impakt faktorli nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etishni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshirish markaziga aylantirish (10.08.2019 y. P-5847) belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat 15-avgust kuni O‘zDJTU rahbariyati vakillari ishtirokida oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda quyidagi masallar tahlil etildi:


o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;
oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini kuchaytirish;
oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularning boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;
oliy ta’lim tizimining investitsion jozibadorligini oshirish, uning xalqaro miqyosda tan olinishi va raqobatbardoshligini ta’minlash.

Ma’lumot uchun: Vazirlik va idoralarda ish va boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish, xususan, ISO standartlarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-sonli qarorida ustuvor yo‘nalish va vazifa sifatida belgilangan. 2022-yil 28-yanvar “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” (2-ilova, 18-band).


Loyihadan ko‘zlangan maqsad – pilot universitetlarning akademik salohiyatini oshirish hamda tanlangan pilot universitetlarda xalqaro standartlarga muvofiq boshqaruv va o‘qituvchilarning malakasini oshirishdan iborat.

2024-08-19 02-30

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi