Bugun 28-dekabr kuni Ingliz tili 1-fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maʼnaviyat va maʼrifat respublika kengashining kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida qilgan maʼruzasi mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, Kasb axloqi normalari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amalga oshiriladigan ishlarni batafsil tushunchalar berish maqsadida oʻquv-seminar tashkil etildi.
Seminar treningda fakultet kafedra mudirlari, professor oʻqituvchilar va pedagog xodimlar ishtirok etdi.
Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boyicha 1-prorektor V.Sadiev hamda N.Jo'rayev Z.Zamonov, S.Saidov, D.Muitov, S.Yusupova, B.Hoshimovlar tomonidan kasb axloq normalari, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va vazifalar mavzularida maʼruzalar oʻqishdi.
2023-12-28 04-45