O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 

Tadbir avvalida O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov so'zga chiqib, talabalarni bayram bilan qutladi va o'z samimiy tilaklarini izhor etdi. 

Shuningdek, bayram davomida universitet miqyosida o'tkazilgan ko'rik-tanlov va festivallar g'oliblarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi. 

Tadbir doirasida tashkillashtirilgan konsert dasturi, musiqali chiqishlar va maxsus tayyorlangan osh talabalar uchun haqiqiy bayram sovg'asi bo'ldi.

2023-11-17 07-01

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi