O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti “InnoWEEK-2023” innovatsion g’oyalar haftaligining «Eng faol oliy ta’lim muassasasi” deb topildi.

Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etgan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida o’tgan haftalikning rasmiy yopilish marosimida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti «Eng faol oliy ta’lim muassasasi» nominatsiyasini qo’lga kiritgani munosabati bilan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, shuningdek, «InnoWEEK-2023»dagi faol ishtiroki uchun O’zDJTU Axborot siyosati bo’yicha rektor maslahatchisi Otabek Ibragimov taqdirlandi.

2023-10-21 07-58

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi