Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Zangiota majmuasida boʻldi
28-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida OʻzDJTU Ingliz filologiyasi va Ingliz tili №3 fakultetlarining professor oʻqituvchilari, tyutorlari va talabalari ishtirokida Toshkent shahridagi Zangiota majmuasiga tashrif uyushtirildi.
“Mamlakat boʻylab sayohat” mavzusida tashkil etilgan dastur davomida ishtirokchilar majmuadagi tarixiy yodgorliklar, madrasa va maqbaralar bilan yaqindan tanishib, ularning ma’naviy va me’moriy ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur dastur tashrif buyuruvchilarning nafaqat tarix borasidagi bilimlarini boyitdi, balki jamoa o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamladi va yangi taassurotlar baxsh etdi.