O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Malayziyada ikki oylik o‘quv dasturida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Malayziyaning INTI xalqaro universitetida ikki oylik akademik almashinuv dasturi doirasida tahsil olmoqda.

 

 

Mazkur imkoniyat O‘zDJTU va INTI xalqaro universiteti o‘rtasida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida imzolangan anglashuv memorandumi asosida yuzaga keldi.

Ushbu dastur talabalar uchun nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, balki boshqa mamlakat ta’lim tizimi, madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini ham beradi. Shuningdek, talabalar o‘zlarining kasbiy va kommunikativ salohiyatini yanada rivojlantirishlari uchun keng imkoniyatga ega bo‘lmoqdalar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube