Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Yaponiyada
Yaponiyaning Higashikawa maktabi loyihasida ishtirok etish maqsadida mamlakatda boʻlib turgan 30 nafar OʻzDJTU talabalari tomonidan Yaponiya imperatori saroyi va Tokiotower minorasiga sayohat tashkil qilindi.
Dastur davomida talabalarga Yaponiya maktabi direktori Matsuya San, koordinator Nargiza Nigmanova va O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi Ta'lim, ilm va innovatsiyalar bo'yicha kotibi Muzaffar Jalilov hamrohlik qildi.
Shuningdek, 28-iyun kuni O'zbekiston delegatsiyasi Higashikawa maktabida mahalliy aholi va maktabdagi xalqaro talabalar uchun O'zbek milliy kiyimlari ko'rgazmasini o'tkazdi.
Bu ko'rgazmada Kanada, Rossiya, Irlandiya, Miyanma, Xitoy, Koreya, Tayland, Vetnam kabi mamlatlar vakillari ham ishtirok etdi.