29-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Umumiy tilshunoslik kafedrasi tomonidan “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Tadbir Zoom platformasi orqali onlayn translyatsiya qilindi. Anjuman O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan ochildi. Rektor o‘z nutqida anjuman ishtirokchilarini qutlab, tilshunoslik sohasidagi xalqaro hamkorlik va yangi tadqiqotlarning ahamiyatini ta’kidladi.

 

 

Anjumanda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari, jumladan, Indiana University, University of Portsmouth, Sankt-Peterburg universiteti va boshqa muassasalardan olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 

 

Anjuman 5 ta sho‘baga bo‘lingan holda o‘tkazildi:

-Zamonaviy tilshunoslik ta’lim tizimlarining dolzarb masalalari
-Tilshunoslikning dolzarb muammolari va yangi tadqiqotlar yo‘nalishlari
-Nazariy va amaliy tilshunoslik masalalari
-Til o‘rganish va o‘qitishning zamonaviy usullari va texnologiyalari
-Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini va chet tillarni o‘qitish metodikasi. Tilshunoslikda sun’iy intellekt integratsiyasi

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube