Ota-onalar hamda abituriyentlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillaridan iborat "Volontyorlar guruhi" tashkil etildi.  

Mazkur guruh 1-avgustdan boshlab “Oʻzekspomarkaz”da joylashgan test o'tkazish binosi oldida belgilab berilgan vazifalarni bajarishmoqda.

Shuningdek, ota-onalar va abituriyentlarning vakillari bilan suhbatlar olib borib, sotsiologik so'rovnomalar o’tkazilmoqda, hamda oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar tizimi to'g'risida ma'lumotlar berib bormoqda.

Bu yerga tashrif buyurgan ota-onalarga imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

2023-08-03 03-37

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi