O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayoni qizg‘in davom etmoqda! (dolzarb 90kun)

 

Abituriyentlarga qulaylik yaratish va qabul jarayonida to‘liq ko‘mak berish maqsadida universitetda tashkil etilgan CALL markazi faoliyatini samarali davom ettirmoqda.

 Mazkur markaz orqali abituriyentlar quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:

 

 Qabul jarayoni bo‘yicha batafsil tushuntirishlar;
 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjat topshirishda amaliy yordam;
 Ta’lim yo‘nalishlari, shakllari va kirish shartlari yuzasidan to‘liq ma’lumot;
 Davlat test sinovlariga oid maslahatlar;
 Ariza to‘ldirishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning oldini olishga doir ko‘rsatmalar;

 


 Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun individual yondashuv asosidagi psixologik va informatsion maslahatlar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube