Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi dasturlar davom etmoqda.
Xususan, Mirobod tumanidagi 60-sonli maktabda tashkil etilgan nemis tili mashgʻulotlari muntazam olib borilmoqda.
OʻzDJTUning faol bitiruvchi talabalari yordamida maktab oʻquvchilari nemis tilini oʻrganish boʻyicha zarur bilimlarni egallab, nemis tilida soʻzlashish, eshitish, yozish, oʻqish kabi koʻnikmalarni shakllantirmoqda. Bu nafaqat oʻquvchilarning yozgi ta’til davomida yangi bilimlarni oʻrganishiga, balki bitiruvchi talabalarning ham dars berish amaliyotini yaxshilashga xizmat qiladi.
Yuqoridagi suratlar orqali jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.