Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022-yil 12-oktyabr kuni "Mehnat yarmarkasi" boʻlib oʻtdi. Yarmarkada universitet bakalavriat va magistraturaning turli yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olayotgan 2500 dan ziyod talaba ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Uchtepa tuman prokuraturasi, Uchtepa tuman hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlimi, Xalq taʼlimi, Madaniyat, Maktabgacha taʼlim vazirliklari, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, nadavlat taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha oʻz takliflari bilan qatnashishdi.

"Mehnat yarmarkasi" natijasida ishlash istagini bildirgan universitet talabalari taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumot olish bilan birgalikda ishlash uchun tegishli shartnomalar imzolashga erishdilar.

 

2022-10-11 11-12

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi