Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori H.Hakimov, Uchtepa tumani Ichki ishlar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ochilov Abdurashid Abduxamidovich, Uchtepa tumani qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosar podpolkovnik Elomonov Sanjar Eshmamatovich, Guzar mahalla fuqorolar yig‘ini raisi Nuriyeva Gulbaxor Asqarovna, Mahalla faoli Barayev Abduljan, universitet profilaktika katta inspektori kapitan Sh. Bekmetov va kapitan S. Sherbekov shuningdek, barcha fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovinlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Hamidullo Hakimov olib borib, mazkur tadbir mahalla raislari bilan guruh tyutorlari o'rtasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil qilinganligini, ijarada yashayotgan talabalar sharoitlarini muntazam o'rganib borish va huquqbuzarliklar profilaktikasi birinchi galdagi vazifa bo'lishi lozimligini aytib o'tdi.

O'z navbatida mehmonlar ham so'zga chiqib, talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonida universitet jamoasi bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini, taklif qilinayotgan mazkur yangicha tizimni doim qo'llab-quvvatlashlarini bildirib o'tishdi.

Shuningdek, tadbirda profilaktika inspektorlari ham talaba yoshlarni ijaraga joylashtirishda e’tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlarga, jumladan tur-joy mulkdorlarining axloqiy sifatlariga, yashash joyida o'rnatilgan muhitning sog'lomligi va talabalar xulq-atvoriga ta’sirini inobatga olish yuzasidan o'z takliflarini bildirishdi.

2023-09-22 12-02

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi