2-fevral kuni oy taqvimi bo‘yicha kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan Hilton mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston xitoyshunoslari uchun katta tadbir uyushtirildi. 

Tadbirda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi. 

Tadbir davomida turli viktorina savollariga javob bergan O‘zDJTU talabalari ham planshet va boshqa qimmatbaho sovg'alar sohibiga aylandi. 

2024-02-06 02-48

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi