Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil qilinganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan OʻzDJTU Akademik litseyida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” nomli tadbir tashkil qilindi.
Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari faxriysi Xidoyatov Shagafur Mansurovich, Bekmetov Nigʻmon Nurmatovichlar va Toshkent shahar milliy gvardiya boshqarmasi harbiylari tashrif buyurdi va oʻzining jangovar chiqishlari bilan qatnashishdi.
Ushbu tadbir davomida akademik litsey oʻquvchilari tomonidan Vatanni sevishga undash, uni eʼzozlab — ardoqlash, himoya qilish oliy burch ekanligini anglatuvchi turli xil chiqishlar namoyish etildi.
Shu bilan birga OʻzDJTU Akademik litseyi direktori M.O.Obidova tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga esdalik sovgʻalar topshirdi.
2024-01-13 03-21