7-fevral kuni O'zDJTU da Belorusiyaning Vitebsk davlat universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: Shu kunlarda O'zbekiston-Belorus hududlararo forumi bo'lib o'tmoqda. Forumda ishbilarmon doiralar hamda turli soha, jumladan, ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, ilmiy sohada hamkorlik, 3+1 va 1+1 formatda qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish, O'zbekistonda rus tilini o'qitishni rivojlantirish, xususan, Markaz tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Har ikkala tomon ham kelgusida aloqalarni rivojlantirish istagini bildirdi. 

Rektor V.V.Bogatyryova ham o’z nutqi davomida O'zbekistonga safaridan asosiy maqsad – Toshkentda Vitebsk davlat universiteti filialini ochish ekanligini ma'lum qildi.

2024-02-08 03-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi