Avval xabar berganimizdek, OʻzDJTU delegatsiyasi Finlyandiyada boʻlib turibdi. Oʻtgan hafta yakuniga qadar bir nechta taʼlim muassasalari uchun Yuvaskulo universitetida malaka oshirish oʻquvlari boʻlib oʻtdi. 

Shuningdek, universitetning Tillar va kommunikatsiya taʼlimi kafedrasi jamoasi, xususan kafedra mudiri, professor Marko Sitonen bilan uchrashuv tashkil etilib, kelgusidagi hamkorliklar xususida fikr almashish imkoniga ega boʻlindi.

 Ushbu universitet xalqaro reytingda kuchli 300 talikdan joy olgan. U yerda 15000 nafarga yaqin talabalar 3000 nafarga yaqin professor oʻqituvchilardan turli yoʻnalishlarda tahsil olishadi. 

Maʼlumot uchun: Marko Sitonen rahbarlik qilayotgan kafedrada 120 nafar oʻqituvchilar turli fanlar, jumladan ingliz, fransuz, nemis, rus, shved, ispan va xalqaro kommunikatsiya kabi yoʻnalishlarda saboq berishadi. Ilm fan yoʻnalishida juda katta yutuqlarga erishgan. Professorning Ilxom Halimzoda ismli oʻzbek shogirdi ham yaqinda ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan eʼtiborli oʻqituvchilardan biri va u OʻzDJTU jamoasi bilan uchrashib, Yuvaskulo universitetida haqida barcha savollarga javob berdi.

Uchrashuv Yuvaskulo universiteti va OʻzDJTU oʻrtasida kelgusidagi hamkorliklar yoʻlga qoʻyilishiga ilk qadam boʻldi, deyish mumkin.

2024-01-22 05-22

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi