Bugun Ingliz tilini oʻqitish boʻyicha AQSH elchixonasi maslahatchisi Kevin Makkoy,  assistentlar Nargiza Nugmanova  va Umida Boltayevalardan iborat  AQSH elchixonasi vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.

 

Mehmonlarni rektor Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati kutib oldi. Ikki tomon oʻrtasida uchrashuv tashkil etilib, unda Kevin Makkoyning hamkorlik boʻyicha takliflari hamda 2024-yil yanvar oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Ingliz tili boʻyicha anʼanaviy konferensiya va aprel oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan ACCESS dasturi boʻyicha konferensiyaning tashkiliy masalalari muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek,  OʻzDJTUga yuborilgan "Fulbright" dasturi oʻqituvchining faoliyati, kelgusidagi hamkorlik masalalari haqida fikr almashildi.

2023-11-16 08-09

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi