O‘zDJTU huzuridagi Tarmoq markazi qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida tinglovchilar Bali orolida sayyor mashg‘ulotlarni boshlashdi

 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Tarmoq markazining 13 nafar tinglovchilari Indoneziyaning Jakarta shahridagi nufuzli Gunadarma universitetida tashkil etilgan qo’shma malaka oshirish kursi doirasida Bali oroliga yetib kelishdi.

 

Hozirda ular bu yerda ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan sayyor mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, sun’iy intellektni o‘qitishda qo‘llash, raqamli ta’lim texnologiyalari kabi mavzularni qamrab olgan.

 

Bali orolidagi bu bosqich malaka oshirish dasturining muhim qismi bo‘lib, o‘qituvchilarga nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, Indoneziya ta’lim tizimi bilan bevosita tanishish imkonini bermoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube