O’zDJTU Ingliz tili 1-fakultetida ilmiy seminar tashkil etildi.
Dasturda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektori A.Nasirov, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i X.Yo’ldashev taqdimot namoyish etdi. Shuningdek, mas’ullar X.Alimova, A.Jo’rayev moderator sifatida ishtirok etdi.
Seminar-treningda mutaxassislar tomonidan O’zDJTUda xalqaro aloqalarning ta’lim sifatiga ta’siri, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalar, ulardan ko’zlangan maqsad, vazifalar va natijalar, xorijiy o’qituvchi va talabalar bilan ishlash tartibi, universitetning xalqaro reytinglarda munosib o’rnini topish tamoyillari haqida to’liq ma’lumot berildi.
2024-01-04 11-43