OʻzDJTU Kengashining 11-sonli yigʻilishida nufuzli xalqaro va respublika tanlovlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar va ularning ustozlari ham e’tirof etildi
Xususan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Yosh kitobxon” tanlovidagi Respublika bosqichi g‘olibining yutug‘iga hissa qo‘shganligi uchun filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Usmonova Shahodat Abdurahimovna tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
2025-yil 1–10 may kunlari “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Abdusalomov Ilhomjon Abduqayum o‘g‘li 1-o‘rin g‘olibi bo‘lgani uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan BHMning 25 baravari miqdorida rag‘batlantirildi.
“Xitoy tili ko‘prigi–25” butunjahon xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichida universitet talabalaridan Umarov Hadyatulloh Anvar o‘g‘li 2-o‘rinni, Anarkulova Amaliya Alisherovna esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan tabriklandi va sertifikat bilan taqdirlandi.
Shuningdek, universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida “Bir talabaga – bir loyiha” akseleratsiya dasturi doirasida o‘tkazilgan “Mening startap loyiham” tanlovi g‘oliblari:
Ismatullaev Maqsudxon Nodirxon o‘g‘li;
Azizova Dilfuza Oltiboy qizi;
Muzaffarova Nafisa Akmal qizi;
Karabaeva Munisa To‘lqin qizi sertifikat bilan taqdirlandi.